background cover of music playing
ISHQ - Uzbeki Version - Nigina Amonqulova

ISHQ - Uzbeki Version

Nigina Amonqulova

00:00

04:00

Similar recommendations

Lyric

Sen shunday chiroylisan, boshqacha bir

Har ko'ngilda borsan, har yoshgacha bir

Sen o'xshashi yo'q qanday o'zgacha bir

Ko'changga kirmagan ko'ngil yo'q, ishq

Shunchalar sehrlisan, maftunkorsan

Beg'ubor yuraklarda betakrorsan

Eh go'zal tuyg'u, buncha beozorsan

Ko'changga kirmagan ko'ngil yo'q, ishq

Ey ishq, qanday ta'rif aytay senga?

Ey ishq, sirlaringni o'rgat menga

Ey ishq, tuyg'ularni uyg'otgan – sen

Ey ishq, qayg'ularni yo'qotgan – sen

Ey ishq, qanday ta'rif aytay senga?

Ey ishq, sirlaringni o'rgat menga

Ey ishq, tuyg'ularni uyg'otgan – sen

Ey ishq, qayg'ularni yo'qotgan – sen

Beayov zor yurakni yondiradi

Ba'zida go'lni shunday ko'ndiradi

Yo Layli kabi meni o'ldiradi

Shafkat bilmas ham ba'zan, ne uchun, ishq?

Ko'changdan baxtli yurib o'tmas ham hech

Qanchadan beri kulib yurmas ham hech

Yo yuragim bu tuyg'ularingdan kech

Dardlarimga malham ayla ey ishq

Ey ishq, qanday ta'rif aytay senga?

Ey ishq, sirlaringni o'rgat menga

Ey ishq, tuyg'ularni uyg'otgan – sen

Ey ishq, qayg'ularni yo'qotgan – sen

Ey ishq, qanday ta'rif aytay senga?

Ey ishq, sirlaringni o'rgat menga

Ey ishq, tuyg'ularni uyg'otgan – sen

Ey ishq, qayg'ularni yo'qotgan – sen

- It's already the end -